Gvardiola xayron qoldi

  • 19 avgust, 2024, 18:52
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kecha "Chelsi"ga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Rostini aytsam, men kechagi o‘yindan juda hayronman. Biz optimal formamizdan ancha yiroqda edik. Ammo baribir muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Biz "Stenford Brij" stadionida anchadan beri g‘alaba qozona olmayotgan edik. Yaxshi tarafi, bu qora an’anani buza oldik. Ammo yomon tomoni shundaki, bizda o‘ta tig‘iz taqvim sharoitida o‘tkazishimiz kerak bo‘lgan 70 ga yaqin bellashuvlarimiz bor. Umid qilamanki, hech qanday talafotlarsiz bu davrdan o‘tib olamiz"

Eslatib o‘tamiz, kecha Angliya premer ligasining ilk turi doirasida "Chelsi" o‘z uyida "Manchester Siti" ni qabul qildi va 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Erling Xoland va Mateo Kovachichning kiritgan gollari "shaxarliklar"ga g‘alabani taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!