
Gvardiola yana bir yulduzdan voz kechadi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning eng mashhur shogirdlaridan hisoblangan Rahim Sterlingni qo‘yib yuborishga tayyor. Hujumkor futbolchi asosiy tarkibga kirish uchun raqobatda Fil Fodenga imkoniyatni boy berdi va “shaharliklar” qimmatbaho o‘yinchini zaxirada ushlab o‘tirmoqchi emas.
Shu bois, klub rahbariyati 26 yoshli futbolchini sotib yuborib, g‘aznaga daromad qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Rahim Sterlingga ayni paytda “Arsenal” jiddiy qiziqmoqda. Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “to‘pchilar” yozda jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Sterling har qanday jamoada o‘ynab keta oladigan darajada mahoratli o‘yinchi hisoblanadi.
Rahim yakunlangan mavsumda jami 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar