
Hamma ayb Ronalduda!
«Yuve» tarkibida Iguain, Dibala va Ronaldu bo‘lsada, turinliklar Ikardiga qiziqish bildirdi. Nima uchun?
Hammasiga Ronaldu aybdor!
Oxirgi oy davomida Ikardining nomi «Yuventus»ga shuchalik bog‘lanib qoldiki, xuddi oq-qora chiziqlari bor yo‘l-yo‘l formada uning ismi allaqachon qayd etilgandek. Mauro «Inter» bilan janjallashib qoldi, alohida shug‘ullandi va Turinga ko‘chib o‘tish ustida ishladi. Bu paytda Gazzetta dello Sport bu harakatni Ronaldu ma’qullaganligi haqida yozib chiqdi.
Biroq bugun tarqalgan xabarlarga ko‘ra Ikardi «Inter»da qolar emish va unga 7 raqami berilibdi. Ammo bir necha oy davom etgan janjallar bu bilan tugab qolmasa kerak.
Biz o‘z fikrimizni ifodalashda davom etamiz.
Bir tarafdan qaraganda Ikardi Sarri tipiga hech qanaqasiga to‘g‘ri kelmaydi. U baquvvat, pressinglarga kamdan kam qo‘shiladi va aql bilan o‘ynaladigan futbol tarafdori emas. Bu holat aynan turinliklar hujum chizig‘iga (Ronaldu, Manjukich, Dibala, Iguain) mos kelmaganligi sababli, Paratich harakatlariga nisbatan ishonchni so‘ndirdi. Bundan «Yuve» ataylab «Inter»ga xalal bermoqda degan teoriya paydo bo‘ldi: Lukaku transferiga aralashib, uning narxini oshirish, bundan tashqari, Ikardi bo‘yicha yakuniy kelishuvlarni rad etgan holda raqibni keraksiz forvard bilan qoldirish istagida edi.
Ammo mavsum oldi holatga qaraganda, «Yuve»ga haqiqatdan ham hujumchi kerak.
Sarrining hujumchilari ko‘p, biroq hech biri o‘z burchini bajara olmayapti. Hamma ayb – Ronalduda.
Tashqaridan qaraganda, amaldagi chempionlarning hujumi o‘ziga xosdir. Jamoada maydon markazida o‘ynay oladigan naq to‘rtta forvard bo‘lib, ularning har biri yuqori darajali futbolchilardir. Ammo bu mukammallik – yolg‘on. Hech bir hujumchi Sarrining «didiga to‘g‘ri kelmayapti».
Murabbiy allaqachon o‘yinchilarga o‘z talablarini qo‘ygan. Uning modeli bo‘yicha bir chiziqda harakatlanayotgan futbolchilar gorizontal qisqa to‘p uzatishlarini amalga oshirgan holda nominal hujumchini to‘p bilan ta’minlashi zarur.
Nominal hujumchi hislatlarning ko‘pi Ronalduda jamlangan. Sarri Turinga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, insayder va jurnalistlar ming xil tuslana oladigan Krishtianuni haqiqiy forvardga aylanishi haqida darhol bong ura boshladi. Gazzetta dello Sport esa Sarri Krishga mavsum davomida 40 ta gol va hujum markazida o‘ynash imkoniyatini va’da berganligini barchaga uqtirishga harakat qildi. Ammo reallikda bu to‘laqonli amalga oshmaydiganga o‘xshaydi. Uning markazda o‘ynashi emas, balki mavsum davomida 40 ta gol urishi. Chunki maydon markazida harakatlanish Ronaldu hujum qilib kelgan qanotlardan ko‘ra biroz murakkabroqdir. Birinchidan, qanotdan maydon yaxshiroq ko‘rinadi, ikkinchidan uni ikkita markaziy himoyachi ta’qib qilmaydi.
Umuman olganda, Krish bularsiz Sarrining odatiy forvardi bo‘la olmasdi. Oxirgi o‘n yillik evlyutsiyasiga qaramasdan, Ronalduning to‘pga bo‘lgan «chanqog‘i» qolmagan, bu esa o‘z karerasini tugatishi lozim bo‘lgan futbolchi uchun har doim ham foydali emas. Jarima maydonidan tashqarida u o‘zini haqiqiy markaziy hujumchidek tuta olmaydi. Bu so‘zlarning isboti sifatida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinning 48-daqiqasini misol keltirish mumkin: aynan shu daqiqada Iguain va Bernardeski qanot himoyachilarining yo‘lini yopib qo‘yishdi, Krish bo‘sh hududga yugurish o‘rniga, yumalab kelayotgan to‘pga piyoda yurib bordi.
Shundan so‘ng Sarrining fikri o‘zgardi; «Shpurlar» bilan o‘yingacha Ronaldu chap qanotda o‘ynashini aytgan bo‘lsa, bir necha kun o‘tgach u gapini o‘zgartirib oldi: «Krish asosan qanotda to‘p suradi, unga shunisi qulayroq».
Ronaldu qanotda qolishi murabbiyning talablarini yanada murakkablashtiradi. U Insine va Kalexonaga o‘xshamaydi, xudbinlarcha xarakatlari bilan stsenariydan chetga chiqadi, markazga tez-tez yorib kiradi va raqib himoyasi kompaktlashtirib yuboradi. «Yuventus»ga esa aynan shunday harakatlarga moslashuvchan hujumchi lozim.
Bunday o‘yinga Sarrining doimiy ideali bo‘lgan Iguain ham to‘g‘ri kelmaydi. Argentinalik furbolchi o‘z pozitsiyasini to‘pga egalik qilayotgan o‘yinchiga qarab o‘zgartiradi, to‘pning traektoriyasini xis qiladi hamda shunga monand harakatlanadi; u boshqa «yirtqichga» emas, balki o‘zi uchun sharoit yaratadi, xolos.
Iguain Ronalduning harakatlarini qaytaradi va u qaysi hududda bo‘lsa, o‘sha hududda ochiladi: markazda ham, jarima maydonida ham. Ular deyarli bir vaqtda hujum qilishadi, jarima maydoniga kirishadi. Bu o‘xshashlik «Yuve»ning «Inter» va «Tottenxem» bilan o‘yinlarida bir necha qiyin vaziyatga olib kelib qo‘ydi: Iguain Krishga qaramasdan, o‘zi odatlanganiday bilganini qildi. Natijada «Yuve» qiyinchilik bilan himoyani yopdi.
Mana shunday holatlardan biri: Ronaldu to‘p tomon bordi hamda himoyachini o‘zi bilan olib ketdi. Iguain uning bo‘sh qolgan o‘rnini egallashi lozim edi – shunda markaziy himoyachilardan biri uning ortidan ketardi. O‘ng tomonda bo‘shliq hosil bo‘lib, u erga Krish yoki Bernadeski joylashar edi. Buning o‘rniga Gonsalo to‘p ortidan Krish bilan ketdi, hamda potentsial xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyat ko‘kka sovurildi.
Ikkinchi muammo chap himoyachi to‘pga egalik qilayotgan bir paytda Ronaldu jarima maydoni markaziga yurdi. Qanotda katta joy ochiq qoldi, biroq bu xavf tug‘dirmaydi, chunki u erga hech kim kira olmasdi. Shu paytda Iguain oldida ikki variant turgandi: a) Matyuidi qanotga yugurayotgan paytda uning o‘rnini egallash (u mazkur variantdan foydalanmaydi va bu achinarli hol) – natijada raqib yo Blezni qoldiradi, yoki Matyuidi ortidan borib Gonsalo uchun joy ochadi; b) o‘zi qanotgaga yuguradi. Lekin Iguain Krish bilan qoldi – natijada o‘yinchilarning joyi o‘zgargan, himoya ixcham, De Shiloda hujumni rivojlantirish uchun ishonchli variant qolmadi.
Shuningdek, Gonsalo to‘pga egalik qilishni Ronaldudek yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ular to‘pni bir paytda so‘rashadi. Natijada, «Yuventus»da tezkor kontratakalar uchun imkoniyat mavjud emas: Iguain markaziy himoyachilar yonidan joy egallash o‘rniga, Krish bilan parallel harakatlanadi. Sarri uchun aynan shu holatlarni oldini olish uchun ham Ikardi juda zarur.
Mandjukich boshqa sababga ko‘ra to‘g‘ri kelmaydi. Oxirgi bir necha yillardan beri u jamoa bo‘lib o‘ynash mahoratiga shu qadar ega bo‘ldiki, endilikda bombardirlik o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Mario Krishga moslasha oladi, o‘z vaqtida qanotni egallaydi va shu bilan hujum davom etishi bilan ideal vaziyat yaratadi. Biroq Sarri uchun kerak bo‘lgan hech narsa qilmaydi. Xorvat to‘pga emas, Ronalduga qaraydi va harakatlarini ham portugaliyalik futbolchi o‘yiniga qarab moslashtiradi.
Mandjukich – bu maydon markazidagi shiddatli o‘yinga qarshilik qilib, jamoadagi qaysidir kuchli o‘yinchiga qarab o‘yin olib borishnm ma’qul ko‘radigan futbolchi. Darvozaga atigi bitta o‘yinchi (xoh u Ronaldu bo‘lsin) xavf tug‘diradigan jamoa esa – kuchsizdir. Bunday jamoa oson so‘nadi. Buni esa Sarriga yoqishi amrimaxol.
Vanihoyat, Dibala qoldi. U raqibga bosim qilishni xushlamaydi, ortdan hujum qilishni ham qoyillatmaydi, lekin doim to‘pga intiladigan futbolchi. Paulo hujumda bir o‘zi improvizatsiya qilishni ko‘p ham uddalay olmasligi sabab, raqib jarima maydonida qarshilikka uchrayveradi, uni tezda yopib qo‘yishadi.
Avvaliga Sarri argentinalikni o‘yinchini faqatgina ikki hujumchiga ega sxemada ko‘ra olardi (unga o‘ng qanot hujumchisi yoki trekvartist roli mos kelardi), ammo baribir uni «Atletiko» ga qarshi o‘yinda 4-3-3 sxemada sinab ko‘rdi va o‘yindan so‘ng Dibalaga tegishtirib shunday fikr bildirdi: «Biz raqib jarima maydonini to‘ldira olamizmi yo yo‘qmi? Avval shuni ko‘rish kerak».
Balki, Sarri «Empoli»da qo‘llagan 4-3-1-2 sxemasi yaxshi echim bo‘lishi mumkin edi. «Yuve» bu uslubni «Tottenxem»ga qarshi o‘yinning oxirgi 30 daqiqasida qo‘lladi, biroq unga jiddiy qaralmadi: Bernaderski Tuttosport’ga intervyu ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarda faqat 4-3-3 sxemasi qo‘llanilar ekan. Ammo mazkur sxemada o‘ynovchi mukammal hujumchi hozircha jamoada yo‘q.
Iskardi Krishga moslasha oladimi?
Umuman olganda, «Yuventus»ga quyidagi hususiyatga ega hujumchi kerak:
- Himoyadan oshirilgan uzun paslarga ulgurib etib boradigan;
- Raqib jarima maydonida himoyachilardan osongina qochib qutuladigan;
- Himoyachilarni o‘ziga ergashtirgan holda, Remzi, Bernardeski va Ronaldu uchun bo‘sh zonalarni ochib beradigan;
- Qisqa fursatda hujumga o‘ta oladigan;
- Himoyadagi bo‘shliqlardan foydalanadigan;
- Ronaldu uchun jarima maydonida bo‘sh joy ajratib beradigan;
- Krishtanuning markazdagi joylashuviga qarab moslashgan holda, qanot tomon harakatlanadigan.
Dastlabki besh punkt – Sarrining standard talablari; u boshqa tanlov bo‘lmagan holdagina, ulardan voz kechishi mumkin. Oxirgi ikkitasi – Ronalduning sherigi bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan talablar (ularga Mandjukich mos kela oladi). «Yuve»ning yangi markaziy hujumchisi shu talablarning barchasiga javob bera olishi lozim, aks holda Sarri yana 4-3-1-2 sxemasini qo‘llashga majbur bo‘ladi. Yoki u markaziy hujumchi uchun qo‘yadigan talablarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi (shunda mavjud o‘yinchilardan biri qaysi shart o‘zgarishiga qarab mazkur pozitsiyani egallaydi).
Teoriyaga ko‘ra, Iguain yuqoridagi 7 punktga to‘g‘ri keladi, biroq u o‘zining egosini engib o‘tib, Krishga moslasha olsa bo‘lgani. Biroq aynan shu narsa murabbiyga kerak emas. Sarri hujumchi kerakli daqiqani qo‘ldan boy berishi mumkin emasligini doim ta’kidlaydi: «Kimki futbolda o‘ylanib ish tutsa, doim kechikadi. O‘yinda o‘ylab ish tutish qobiliyatini avtomatik harakatga aylantirish lozim». Shu sababli unga asosiy talablarga javob bera oladigan yangi hujumchi kerak.
Ko‘pchilik ishonmas, lekin Mauro Ikardi ushbu punktlarga to‘la mos tushar edi. U haqiqiy yakunlovchi nomini olgan, unga na o‘yin, na to‘p qiziq – faqat gol urishni biladi. Ikardi jarima maydonchasida bo‘sh joy topa oladigan dunyodagi etakchi hujumchidir. U himoyachilarni aylanib o‘tib ajoyib hujum uyushtiradi va hujumdan beri kelmaydi. Qo‘yilgan 7 talablaridan dastlabki 5 tasiga u mukammal to‘g‘ri keladi. Ammo u Ronaldu ortida «qora» ishlarni bajaradigan yigitga o‘xshamaydi.
Ikardi har doim hujumni yakunlovchi o‘yinchi bo‘lgan, hech qachon boshqa bombardirlarga qarab o‘yin olib bormaydi hamda jarima maydonchasini boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Bu borada, u «Yuventus»ga to‘g‘ri kelmaydi. Ikardi va Krish – umuman bir-birlariga mos kelishmaydi. Ikkovlari ham baland sakrashadi, ikkovining ham zarbasi qattiq, ammo har xil harakatlanishadi.
Ikardi himoyachilarni chalg‘itish maqsadida turli hiylalardan foydalanadi, lekin bu uning xarakteri emas, shunchaki uning «finti». O‘yin jarayonida Mauroning bitta umumiy jihati mavjud: u markaziy himoya chizig‘i tomon ochilib borib, ko‘p hollarda markazda yoki yaqin ustun yaqinida to‘xtaydi. Krishtianu esa kutilmagan zonadan hujum qilib, markaziy himoyachilarni ortda qoldiradi va markaz yoki olis ustun yaqinida to‘pni kutadi.
Tashqi juhatdan bir-biriga o‘xshash o‘yinchilar har xil usuldan foydalanishadi. Ikardining tabiiy harakati – o‘z-o‘zidan chalg‘ituvchi harakat bo‘lib, bu Krishga jarima maydonida imkon yaratadi. Yaqin ustun tomonga o‘tib, Mauro ikkala «tsentrbeklar»ni olib ketadi va ularning zonasi bo‘sh qoladi – bu aynan Ronaldu uchun qo‘l keladigan holat.
Krish teparoqdan joy egallashi yoki Paulo Ikardi uchun markazni bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi. Biroq Ikardi baribir ham Ronaldudan ortda o‘ynaydi, chunki u markazda bo‘sh yo‘laklarni qidiradi va yopiq zona tomon harakat qilmaydi. Ko‘rinib turibdiki, Mauro Sarri tipiga mos tushadi, faqat bittasini aytmaganda. Ikardi qanotga o‘tmasligi aniq. Biroq bu bajarilishi shart bo‘lmagan punkt. Birinchidan, bu muammoni yarim himoyachi yoki chap qanot himoyachisining klassik o‘yini bilan hal qilish mumkin. Ikkinchidan, Ikardi to‘psiz ham aql bilan harakatlana oladi. U har qanday holatda ham Ronaldudan ikki metr narida turib qolmaydi.
Bunday hujum qilish usulida to‘psiz harakat qilishning bitta katta kamchilik mavjud. Ikardi va Krish – dunyodagi eng erinchoq hujumchilardir: ular raqibdan to‘pni olib qo‘yish yoki bosim o‘tkazishga no‘noqroq. Sarrining bu ikki futbolchini hujumda sinab ko‘rishini tasavvur qilish qiyin. Biroq har qanday holatda ham Sarri Ronaldu uchun nimadandir kechishiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, «Yuventus» uchun hozirgi transfer bozorida Ikardidan yaxshiroq variant yo‘q edi.
Shu sababli «Ikardi ertagi» hali yakunlangani yo‘q.
Fikrlar