Shanxay "portladi"!

  • 23 avgust, 17:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hozirgina Xitoyning Shanxay shahridagi "UFC Fight Night 272" turniri o‘z nihoyasiga etdi. Quyida barcha janglarning natijasi bilan tanishishingiz mumkin. 

Tecno

 

Prelim kard:

Uran Satybaldiev 1-raunddayoq Diyar Nurgojay ustidan sabmishn orqali g‘alaba qozondi;

Su Yon Yu hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) Syao Lunni mag‘lub etdi;

Chja Yi 1-raunddayoq Uestin Uilsonni nokautga uchratdi;

Kayl Dakas 1-raundda Mishel Pereyrani texnik nokaut evaziga engdi;

Chju Jun hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-27, 29-28, 29-28) Ostin Xabbarddan ustun keldi;

Charlz Jonson 2-raundda Lonir Kavanani nokautga uchratdi;

Godj Yang hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-27, 29-28, 29-28) Maxeshat Xaysaerni mag‘lub etdi;


Asosiy kard: 

Nurajy Taylak 1-raundda Kifer Krosbi ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi;

Su Mudaertszi ochkolar evaziga (30-27, 30-27, 30-27) Kevin Borxasni taslim qildi;

Sergey Pavlovich hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 29-28, 29-28) Valdo Kortes-Akostadan ustun keldi;

Aldjameyn Sterling ochkolar evaziga (50-45, 50-45, 50-45) Brayan Ortega ustidan zafar quchdi;

Jonni Uoker 2-raundda Minyan Chjanni texnik nokautga uchratdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!