
"Humo" VXLdagi debyut o‘yinini Xitoyda o‘tkazadi
Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" klubi joriy yildan e’tiboran VXLda ishtirok etadi. 32 jamoa ishtirok etadigan mazkur turnir 5 sentyabr kuni start oladi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Xitoyning bir qator klublari g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
E’tiborlisi, bu mavsumdan Ligada bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi va jamoalar geografik joylashuvlariga ko‘ra, Konferentsiya hamda Divizionlarga ajratildi. Unga ko‘ra, musobaqa ikki qismdan iborat bo‘ladi: muntazam chempionat va pley-off bahslari. Har bir klub o‘z divizioni va konferentsiyasidagi jamoalarga qarshi uy va safar uchrashuvlari o‘tkazishadi.
Jumladan Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" jamoasi o‘zining musobaqadagi ishtirokini 10 sentyabr kuni boshlaydi. Shu kuni, xokkeychilarimiz Xitoyning Gilin shahri sharafini himoya qiluvchi "Tseng Tou" klubiga qarshi muzga chiqishadi. Oradan ikki kun o‘tib esa "Humo" Pekinning "Orji" klubi mehmoni bo‘ladi.
Toshkentdagi ilk o‘yin esa 26 sentyabr kuni "Dinamo" Tver klubiga qarshi o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar