"Humo" yilning ilk o‘yinini o‘tkazadi

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Rossiyaning "Metallurg Novokuznetsk" klubiga qarshi kurash olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda turnir jadvalida Evgeniy Popixin shogirdlari 1-konferentsiyada 44 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, raqib jamoa esa 51 ochko to‘plagan holda 2-konferentsiyaning 5-pog‘onasidan joy olgan. 

Uchrashuv soat 17:00 da muhtasham "Humo-Arena" muz saroyida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!