Humoyun Sultonovni jiddiy sinov kutmoqda
Xabaringiz bor Qozog‘istonning Nursulton shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Chellenjer" turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov uchinchi davraga yo‘l olgan edi.
Bugun Humoyun Sultonov chorak finalga chiqish uchun germaniyalik Yannik Madenga qarshi kortga tushadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:40dan so‘ng boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, tennischimiz musobaqaning ikkinchi bosqichida mezbonlar vakili Dmitriy Popkoni 6:1, 5:7, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar