Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola rekord o‘rnadi
Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan tarixiy rekord o‘rnatdi. Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan Angliya ligasi kubogi final uchrashuvida manchesterliklar “Arsenal” ustidan 2:0 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pep Gvardiola turnir tarixida Angliya Liga kubogini 5 marta yuta olgan ilk murabbiyga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis 2018, 2019, 2020, 2021, 2026 yillardagi finallarda g‘olib chiqqan.
Umumiy hisobda, bu “Manchester Siti” uchun Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi 19-sovrin hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdukodir Husanov finalda asosiy tarkibda maydonga tushib, butun o‘yinni o‘tkazdi va 32-daqiqada sariq kartochka oldi. Bu uning Angliyadagi va umumiy klub faoliyatidagi ilk sovrini bo‘ldi.
Fikrlar