
Ibrohim O‘runov Buxoroda javlon urmoqda
Buxoro shahridagi “Dilkusho” sport majmuasi kortlarida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi davrsida yosh tennischimiz Ibrohim O‘runov rossiyalik Aleksandr Igoshinga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur uchrashuvda Ibrohim raqibini 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va ushbu bosqichda rossiyalik Maksim Ratniuk bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar