Ikki peshqadam "Chelsi" hujumchisini olishga urinmoqchi

  • 07.09.2026 13:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» klubi safida to‘p suruvchi portugaliyalik hujumchi Pedru Netu hali ham Angliya premyer-ligasining bir qator yetakchi jamoalari uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Caught Offside nashri ma’lumoticha, 26 yoshli Netu xizmatlariga «Manchester Siti» va Londonning «Arsenal» klubi katta qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, har ikki jamoa qishki transfer oynasi ochilishi bilan hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. 

Shuni ham ta’kidlash kerakki, yozgi transfer davrida «Chelsi» rahbariyati Pedru Netuni sotish takliflarini rad etgan edi. Hozircha mutaxassislar uning ehtimoliy transfer qiymatini 60 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Pedru Netu Angliya chempionatida «Chelsi» tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Undan oldin portugaliyalik hujumchi «Vulverxempton», «Latsio» va «Braga» klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!