Iliya Topuriyani egosi sindirdi!
Angliyalik UFC jangchisi Paddi Pimblett sobiq chempion Iliya Topuriya haqida gapirdi.
"Iliya Jastinga qarshi mag‘lubiyatgacha, hech qachon o‘zini o‘nglashga majbur bo‘lmagan. Topuriya har doim "bolğa" edi, hech qachon "mix"ning holatini his qilmagandi. Getji bilan jangdan so‘ng, men avvalgidan kuchliroq va yaxshiroq bo‘lib qayta olishimni angladim. Biroq, menimcha, Iliya endi hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi. Chunki uni egosi sindirdi. Esingizda bo‘lsa, Topuriya jangdan ancha avval rekordini ijtimoiy tarmoqlarida o‘zgartirib yozib qo‘ygan edi", – deya Pimblettning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya va Jastin Getji to‘qnashuvi Oq Uydagi UFC turnirida o‘tkazildi va unda amerikalik muddatdan avval g‘alaba qozondi.

Fikrlar