
IMMAF prezidenti saytimiz uchun maxsus intervyu berdi
5-10 noyabr kunlari Toshkentda MMA bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqa oldidan IMMAFprezidenti Kerrit Braun saytimiz uchun maxsus intervyu berdi.
- Janob Braun, O‘zbekistonga xush kelibsiz !
- Rahmat. Bundan juda ham xursandman. Menga O‘zbekiston yoqadi.
- Janob Braun jahon chempionatiga Dana Uayt va Shon Shelbini taklif qilmadingizmi? Nega ular kelishmadi?
- Taklif qilgandim, ammo ularning imkoni bo‘lmadi va uzrini aytishdi.
- MMA bo‘yicha jahon chempionatiga qiziqishni oshirish uchun qanday rejalar bor?
- Chempionlik kamari joriy etdik va kelajakda yana boshqa rejalar ham bor.
- SIZGA, taklif bersam bo‘ladimi?
- Albatta.
- UFC ning og‘ir vazn toifasi unchalik raqobatdosh emas. Shundan kelib chiqib, jahon chempionatida g‘alaba qozongan og‘ir vazn vakilini "Dana White contender series" da qatnashish imkonini olsa, ajoyib bo‘lardi...
- UFC bilan ba’zi masalalarda hamkorlik qilmoqchimiz. Biroq, ular hali tayyor emas.
- Qachondir professional rekordga ega jangchilari ham IMMAF turnirlarida qatnashishi mumkinmi?
- Yo‘q. Nafaqat MMA balki boshqa yakkakurash turlarining professionallari ham ishtirok etmaydi.
- Siz dzyudo vakilisiz. Teddi Renerning MMA dagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- To‘g‘risi, bu borada biror fikr bildira olmayman.
- Rahmat.
Fikrlar