"Inter Mayami" Messining terma jamoadagi do‘stini olib kelmoqchi

  • 7 iyul, 16:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodrigo De Paul faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Lionel Messi to‘p tepayotgan "Inter Mayami" klubi 31 yoshli yarim himoyachini transfer qilish bo‘yicha "Atletiko" bilan muzokaralarni boshladi.

Tecno

Image

Argentinalik futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyungacha amal qiladi. Xabar qilinishicha, futbolchining o‘zi Florida klubiga o‘tishga rozi.

Rodrigo 2021/22 yilgi mavsumdan beri "Atletiko" safida to‘p tepib kelmoqda. U o‘tgan mavsum La Ligada 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta gol uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!