"Inter" "Yuventus"ning uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi

  • 4 aprel, 2022, 11:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Inter" "Yuventus"ni kichik 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 45+5-daqiqada Xakan Chalxanoglu penaltidan kiritdi. 

Shu tariqa, turinliklarning A Seriyadagi 16 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi nihoyasiga etdi. Jamoa oxirgi marta chempionatda "Atalanta"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.  

Mazkur bahs 14-tur doirasida 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Shundan so‘ng, "Yuve" 16 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning 11 tasida g‘alaba qozondi. Yana 5 ta bellashuv durang natija bilan yakun topgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Yuventus" ayni payt A Seriyada 31 ta uchrashuvdan so‘ng 59 ochko to‘plagan holda, jadvalda 4-pog‘onadan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!