Isko avvalgidek emas!

  • 28 noyabr, 2023, 15:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente yarim himoyachi Iskoning terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Isko - formada bo‘lganda ajoyib futbolchi. U joriy mavsumda juda yaxshi harakat qilmoqda. Bu yigit o‘n yil oldingidek emas. Isko o‘zgardi va hozir juda qattiq ishlamoqda", - deya 62 yoshli mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "AS" nashri.

Isko Ispaniya terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini 2019 yilning yozida o‘tkazgan va o‘shanda "qizil furiya" Shvetsiyani 3:0 hisobida ishonchli mag‘lub etgan edi.

31 yoshli xavbek hozirda "Betis"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!