
Islom Maxachev va Belal Muhammad o‘zaro jang qiladi(mi?)
UFC sharhlovchisi Jo Roganning promoushen rahbariyati tomonidan aytilgan ba’zi gaplarni ochiqladi.
"Dana menga janglarni tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berdi. Shuningdek, Uayt agar Belal Muhammad va Islom Maxachev keyingi janglarida g‘alaba qozonsa, ular o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishini xabar qildi" - dedi Rogan o‘zining podkastida.
Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni Kanadada bo‘lib o‘tadigan "UFC 315" turnirida Belal avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi to‘qnash keladi.
Fikrlar