Istomin "masters" turnirining asosiy davrasida

  • 7 mart, 2019, 09:25
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

AQShning Indian-Uells shahrida "masters" seriyasiga kiruvchi musobaqaning kvalifikatsiya bosqichi yakunlandi. Quvonarlisi, unda hamyurtimi Denis Istomin asosiy davraga yo‘llanma oldi. 

Tecno

Saralashning ikkinchi bosqichida tennischimiz belaruslik Egor Gerasimovga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 17 daqiqa davom etgan bahsda yurtdoshimiz 6:4, 6:4 hisoblarida ustun keldi. Istomin bungacha mezbon Evan Songni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Denis asosiy to‘rning birinchi davrasida gollandiyalik Robin Xase bilan raqobat olib boradi. Istomin shu paytgacha Xase bilan 3 marta to‘qnash kelib, barchasida mag‘lub bo‘lgan. Umid qilamizki, teninschisi shu gal qora an’anaga barham beradi.

Ma’lumot uchun, Indian-Uells musobaqasi “masters” seriyasiga kiruvchi turnirlardan biri bo‘lib, g‘olib 1000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi esa 9.314.875 AQSh dollarini tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!