
Italiya superkubogi. Ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum
Italiya superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Latsio" uchrashuvi milanliklarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 17-daqiqada Tyuram hisobni ochgan bo‘lsa 50-daqiqada Chalxanoglu penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Frattezi 3-golni urib, o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Inter" Italiya superkubgi finaliga yo‘l oldi va u erda klubga "Napoli" to‘qnash keladi.
Fikrlar