Ivan Boshkovich: "Juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik"

  • 27 aprel, 02:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“So‘g‘diyona” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ivan Boshkovich fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda aytmoqchimanki, juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Nega? Chunki natijalarimiz sustlashib ketgandi. Odatda, bunday paytda o‘yinchilarning ruhiyati ham yaxshi bo‘lmaydi. O‘z navbatida bu o‘yinga aks ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Lekin, o‘ylaymanki, futbolchilarimiz o‘zlarida kuch topa olib, bunday ruhiy o‘radan chiqib keta olmoqdalar. Aytishim kerak, birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Raqibga qanotlardan bosim o‘tkazishga harakat qildik. Biroq urinishlarimiz hisobda aks etmadi. “Andijon”ning qarshi hujumlari ham yomon chiqmadi. Biroq ularga yaqqol golga tortadigan vaziyatlarni havola qilmadik. Ikkinchi bo‘limda esa tajovuzkorlikka zo‘r berdik va gol urishga erishdik. To‘g‘ri, raqib ham anoyi emasdi. Ikkinchi bo‘limda birin ketin ikkala jamoa vaziyatlar yaratdi. Bu o‘yinda kim gol kiritsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishi  aniq edi. Raqibdan xam qanotlardan bizga nisbatan bosim bo‘ldi. Shunga qaramay, baxtimizga bugun himoyachilarimiz va darvozabon yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Eng asosiysi, kichik hisobda bo‘lsa ham juda muhim uch ochkoni qo‘lga kirita oldik. “So‘g‘diyona” bugun namoyish etgan o‘yini bilan o‘zidagi kurashchan ruhi so‘nmaganligini ko‘rsatib berdi. Bundan keyin ham shu ruhda davom etamiz va o‘z tamoyillarimizdan voz kechmaymiz. O‘ylaymanki, asta-sekinlik bilan musobaqa jadvalidagi mavqeimizni ham yaxshilab boramiz.

- Suhrob Izzatov yarim himoyachi. Lekin bu mavsumda o‘ng qanot himoyasida to‘p suryapti. Bugun gol urdi. Nima uchun uni orqa chiziqda ko‘ryapsiz?  Bu nima bilan bog‘liq?

- Bu mashg‘ulot jarayoni bilan bog‘liq. Har bir raqibda boshqacha rejasi bo‘ladi. Suhrob to‘liq tayyor emas edi. Vaziyatdan kelib chiqib shunday xulosaga keldik. Uni zaxirada ushlaganimiz to‘g‘ri bo‘ldi. Izzatovni yarim himoyaga tushirganimni sababi, raqibning qanotlari tezkor edi.  Xondamir Mustafoqulovga uni almashtirdik. U universal, ko‘plab pozitsiyalarni yopishga harakat qildik. Maydonnning har joyda harakatlandi, ko‘plab  o‘yinchilarni har xil pozitsiyada o‘ynay olishi, bu jamoa uchun foydali.

- Ikkita hujumchi bilan o‘ynadingiz. Aslida uchinchi hujumchi ham bor. Jorjevichga nima bo‘lgan?

- 6 tur o‘tdi, Jorjevichda jarohat mavjud. Yaqinda mashg‘ulotlarga qaytishi kerak. Uni o‘ynatib, tavakkal qilishni xohlamayapmiz. Tez orada to‘liq kuch bilan qaytishiga umid qilaman. Mavlonqulov mashg‘ulotlarda o‘zini zo‘r ko‘rsatmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmayapti, ayniqsa, markaziy hujumchilar. Shuning uchun hammaga imkoniyat beryapmiz. Bizda ko‘plab yosh iqtidorli o‘yinchilar mavjud, sog‘lom raqobat bor. Ayni paytda Hoshimov yaxshi formada edi. Unga imkoniyat berdik. Hamma o‘yinchilarga o‘ynash  imkoniyatini beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!