Jahon chempionatida mezbon qolmadi
2026 yildgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida AQSh va Belgiya terma jamoalari oʻrtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuv AQShning Sietl shahrida joylashgan «Lyumen Fild» stadionida boʻlib oʻtdi. Belgiya terma jamoasi kutilganidek kuchli oʻyin namoyish etib, raqibini 4:1 hisobida magʻlub etdi.
Shu tariqa jahon chempionati mezbonlaridan biri — AQSh terma jamoasi musobaqani tark etdi. Bu bosqichga qadar yana ikki mezbon jamoa — Kanada va Meksika ham musobaqadan chiqib ketgan edi.
Kanada terma jamoasi 1/8 finalda Marokko jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Meksika esa Angliyaga qarshi keskin kurash olib borgan oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada 2026 yildgi jahon chempionati mezbonlari — AQSh, Kanada va Meksika terma jamoalarining barchasi musobaqani aynan 1/8 finalda tark etdi.
ChM‑2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada hududlarida oʻtkazilmoqda. Turnir formati oʻzgargani sababli, tarixda ilk bor final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. U 2022 yilda Qatarda oʻtgan finalda Frantsiyaga qarshi dramatik bahsda 3:3 hisobini qayd etgan, penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.

Fikrlar