Jahon chempionatining pley-offiga yo‘l olgan ilk jamoa nomi ma’lum
Meksika terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatining ikkinchi turida Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Xavier Agirre shogirdlari musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, pley-off bosqichiga chiqqan ilk jamoaga aylandi.
Meksikaliklar birinchi turda Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Ikki turdan keyin 6 ochko to‘plagan Meksika muddatidan avval "A" guruhida birinchi o‘rinni kafolatladi
Terma jamoa guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 25 iyunga o‘tar kechasi Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Meksika 2022 yildgi Jahon chempionatida guruh bosqichidan o‘ta olmagan edi. Endi esa jamoa to‘rt yil avvalg muvaffaqiyatsizlikdan keyin pley-offga chiqishni uddaladi.

Fikrlar