Jahon toji mukofot e'lon qilindi
Shaxmat bo‘yicha 2026 yildgi Jahon toji uchun bahsning mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi
FIDE amaldagi jahon chempioni Gukesh Domarajju va da’vogar Javohir Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionligi uchrashuvining rasmiy reglamentini
Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi, agar qaysidir shaxmatchi 7,5 ochko to‘plasa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Agar 14 ta partiyada hisob teng kelsa, g‘olib tay-brekl ar orqali aniqlandi.
Turnirning jami mukofot jamg‘armasi 2,5 mln AQSh dollari bo‘ladi, har bir g‘alaba uchun 200 ming dollar beriladi.
Pul qanday taqsimlanadi?
Avval har bir shaxmatchiga yutgan partiyasi uchun 200 ming dollardan ajratiladi. Jamg‘armada qolgan pul esa ikkala ishtirokchiga teng bo‘lib beriladi.
Masalan: bir shaxmatchi 3 ta, raqibi 2 ta partiyada g‘alaba qozondi, qolgan 9 ta partiya durang bo‘ldi.
Bunda g‘alabalar uchun birinchisiga 600 ming, ikkinchisiga 400 ming dollar ajratiladi. Qolgan 1,5 million dollar teng bo‘linadi — har biriga yana 750 ming dollardan.
Natijada:
Chempion — 1 million 350 ming dollar;
Ikkinchi o‘rin sohibi — 1 million 150 ming dollar oladi.
Istisnolar ham bor. Quyidagi holatlarda chempionga 1,3 million, raqibiga 1,2 million dollar beriladi:
- g‘olib tay-brekda aniq lansa;
- 13 ta partiya g‘alaba bilan, bittasi durang bilan tugab, yakuniy hisob 7,5:6,5 bo‘lsa;
- barcha 14 ta partiya g‘alaba bilan tugab, yakuniy hisob 8:6 bo‘lsa.

Fikrlar