
Jastin Getlin: Useyn Bolt meni tabrikladi
Amerikalik sprinter Jastin Getlin Londonda o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida 100 metrga yugurish bahslarida Useyn Bolt uchtidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Gap ommada emas, men har bir yugurishdan rohatlanaman. O‘z ishimdan chalg‘imayman. Odamlar meni yaxshi ko‘rishadi va qo‘llab quvvatlashadi. Mening hamyurtlarim menga muxlislik qilishadi, men asosiy e’tiborni aynan shunga qaratdim. Bu qandaydir ajabtovur lahzalar. Xuddi, 2004 yilgi olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabamga o‘xshab ketadi.
Bu ajoyib kecha, Useyn Boltning so‘nggi kechasi. Menda juda ko‘p g‘alaba va mag‘lubiyatlar bo‘ldi, biz u bilan juda ko‘p bahslashdik va bu juda ajoyib.
Biz faqat yugurish yo‘lakchasidagina raqibmiz, bizning raqobatimiz faqatgina o‘sha erda qoladi. Uning menga birinchi aytgan gapi esa shunday bo‘ldi: “ Tabriklayman, sen buning uchun qattiq mehnat qilding. Bu hushtakbozliklar sen uchun munosib emasdi”, – deydi Getlin OAVga bergan o‘z intervyusida.
Fikrlar