
JCh-2022. Mbappe va Messi Maradonaning tarixiy natijasini takrorladi
Jahon chempionati finaliga etib kelgan Lionel Messi hamda Kilian Mbappe Argentina afsonasi Diego Maradonaning rekordini takrorladi.
Gap shundaki, har ikki futbolchi Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialda "gol+pas" tizimida 10 ochkodan jamg‘ardi. Argentina sardorida 7 gol va 3 assist mavjud. Frantsiya yulduzi 8 ta to‘p kiritib, 2 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.
Bu orqali ular Maradonaning 1986 yilgi natijasini qayd etdi. Jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan o‘sha mundialda Maradona 5 gol va 5 assistni qayd etgan.
Fikrlar