JCh saralashi. Ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi

  • 15 oktabr, 2024, 18:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan 3-bosqich o‘yinlari davom etadi. Biroz avval Yaponiya o‘z maydonida Avstraliya bilan durang o‘ynab, ilk marotaba ochko yo‘qotdi. Jamoa shu paytgacha faqat g‘alaba qozonayotgandi. 

Ikkinchi turdan keyin O‘zbekiston va Eron ham 100 foizlik natija qayd etgan holda turgandi. Ammo 3-turda forslar bilan durangga imzo chekilganidan keyin Yaponiya bu borada yolg‘iz qolgandi.

Ayni paytda umuman ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi, lekin hali mag‘lubiyatga uchramagan mamlakatlar mavjud:

O‘zbekiston, Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!