Jekson "Bavariya"ga o‘tmaydigan bo‘ldi
"Chelsi" "Bavariya"ni Nikolas Jeksonning transferi bekor qilingani haqida ogohlantirdi. Hujumchi Myunxen klubiga sotib olish huquqi bilan ijaraga borishi kerak edi.
Shanba kuni Jekson o‘z vakillari bilan birga samolyotda Myunxenga uchib ketayotgani aks etgan kadrlar paydo bo‘ldi. Ammo bitim bekor qilindi. The Athletic nashri o‘z sahifalarida ma’lum qilishicha, "Chelsi" APLning shanba kungi "Fulhem"ga (2:0) qarshi o‘yinida forvard Liam Delap jarohat olgach, shunday qarorga kelgan. Uning tiklanishi uchun taxminan sakkiz hafta kerak bo‘ladi.
"Chelsi" 24 yoshli Jeksonni Londonga qaytishga chaqirdi.



Fikrlar