
Jeyk Polning rejalari o‘zgardi
Taniqli bloger Jeyk Pol (11-1, 7 KO) og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Daniel Dyubua va ko‘p vazn toifasi chempion Kevin Lerenadan taklif olganiga qaramay, u bor e’tiborini boshqa vazn toifasiga qaratmoqchi.
“Jeyk qachondir Dyubua bilan uchrashishni istardi, lekin endi u boshqa variantni qidirmoqda. Pol birinchi navbatda kreyser vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishni xohlayapti. Endi gap pulda emas, chunki u ko‘p narsaga ega, bokschi boshqalarni hayratda qoldiradigan ish qilmoqchi”, – dedi Polning menejeri Nakisa Bidarian.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Jeyk boks afsonasi Mayk Taysonni ochkolar evaziga mag‘lub etgan.
Fikrlar