Jeykobs Golovkinni qo‘rqitdi

  • 27 dekabr, 2016, 13:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
 
Kelasi yilning 18 mart kuni Nyu-Yorkda 29 yoshli amerikalik bokschi Deniel Jeykobs (32-1, 29KO) faoliyatidagi eng muhim jangda ringga chiqadi.
 
Iste’dodli bokschi o‘rta vaznning eng kuchli vakili WBA (Super), WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni. 34 yoshli Gennadiy Golovkin bilan kuch sinashadi.
 
- Bruk Gennadiyga qarshi jangda bir necha zarba bilan raqibni dovdiratib qo‘ydi, - deydi Deniel Jeykobs. - Agar mening zarbalarim tegsa bormi...
 
Biroq, amerikalik bokschi Golovkin har bir jangda o‘z usulini o‘zgartira olishini va bo‘lajak bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ham alohida ta’kidladi. O‘z navbatida Gennadiy Golovkinni janglarga tayyorlayotgan taniqli murabbiy Abel Sanches o‘zbekistonlik nokautchi Shohjahon Ergashev ham qiziqiz bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!