Jo Koul: "Foden eng yaxshi formasida bo‘lsa, u mamlakatdagi eng kuchli o‘yinchi bo‘ladi"

  • 7 sentabr, 19:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning sobiq futbolchisi Jo Koul "Manchester Siti" futbolchisi Fil Fodenning oxirgi mavsumdagi holati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"O‘tgan mavsum uning uchun og‘ir kechdi. Uning maydondan tashqarida qanday muammolari bo‘lganini, jarohatmi yoki boshqa narsamidi – bilmaymiz. Lekin bunday futbolchilarga ishonchni yo‘qotmaslik kerak.

Fil Foden eng yaxshi formasida bo‘lsa, xususan, o‘tgan mavsumdan avvalgidek, u mamlakatdagi eng kuchli futbolchiga aylanadi.

Biroq, so‘nggi 15 yilda doimiy ravishda shunday yuqori darajada o‘ynay olgan faqat bitta futbolchi bor – u ham bo‘lsa Lionel Messi. 

Murabbiyning vazifasi esa shunday futbolchilardan maksimal foyda olishdir", – dedi Jo Koul TNT Sports efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!