Joan Garsiya: "Laminda jiddiy muammo yo‘qligiga umid qilamiz"

  • 23.04.2026 17:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya jamoadoshi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.

"Albatta, har qanday jamoadoshimiz uchun qayg‘urganimiz kabi Lamin uchun ham xavotirdamiz, xuddi Joau bilan bo‘lgani kabi. Yamalda jiddiy muammo yo‘qligiga va uning imkon qadar tezroq qaytishiga umid qilamiz", — dedi Garsiya.

Ispaniya chempionatining 33-turida "Barselona" o‘z maydonida "Sel'ta"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golga Lamin Yamal mualliflik qildi — u birinchi bo‘lim so‘ngida raqib darvozasini ishg‘ol etdi, bir necha daqiqadan keyin esa jarohat sabab maydonni tark etdi.

18 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!