K-1 turniri qanday o‘tdi yohud muxlislarning Murod Xonto‘raevni yaxshi ko‘rish siri nimada?

CHERY AUTO

20-22 sentyabr kunlari O‘zbekiston sport majmuasida K-1 bo‘yicha havaskorlar hamda professionallar o‘rtasida ochiq Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. To‘g‘risi, havaskorlar o‘rtasidagi turnirni batafsil tarzda kuzata olmadim. Lekin professional janglarni bevosita arenadan tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Ajoyib, juda ajoyib muhit. Muxlislar oqib keldi. Ko‘chada qolib ketganlari qancha bo‘ldi. Ya’ni chipta qidirib, topa olmaganlarning sanog‘i yo‘q. To‘g‘ri, tashkilotchilik taraflama ju’ziy kamchiliklar yuzaga kelganligi rost. Lekin ish bor joyda kamchilik bo‘ladi. Asosiysi, ish bor, harakat bor. K-1 federatsiyasi prezidenti Jasur Ne’matov, Toshkent shahar K-1 rahbari Alisher Shog‘ulomovlar to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligini qaysidir ma’noda isbotlay olishdi. Ushbu turnirda Murod Xonto‘raevning jang o‘tkazishini ta’minlab, yurtimizda yana ajoyib yakkakurash ustalari bor ekanligini ommaga namoyon eta olishdi. Qolaversa, yashirib o‘tirishning hojati yo‘q ushbu sport turi bo‘yicha ko‘pchilik ishqibozlarning etarlicha bilimi bor deb ayta olmaymiz. Chunki, bu yakkakurash turi yurtimizda u darajada ommaviylashmagan. Lekin ishonch bilan ayta olamanki, mazkur turnirdan so‘ng, bu sport turiga qiziqish keskin ravishda oshadi. Yuqoridagi gapga qaytsak, qanday Murod Xonto‘raev orqali boshqa sportchilarimizni ommaga namoyon qildi, degan savol tug‘ilishi tabiiy...

Tecno

mmm

Bunga esa kecha arenaga tashrif buyurgan va ko‘chada kira olmay qolgan yakkakurash ihlosmandalari orqali javob berish mumkin. Ularning 90 % i aynan Murodning jangini tomosha qilish uchun kelganligini anglash qiyin emasdi. Chunki, Murod Xonto‘raev o‘zbek MMA olamidagi eng mashhur vakilimiz hisoblanadi. Uning muxlislari butun O‘zbekiston qolaversa, MDH davlatlarida ham ko‘plab topiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu sportchimizning jangini ko‘rgani kelgan tomoshabinlar, yurtimizda Bobur Hamdamov, Muhiddin Mamajonov, Mironshoh Ubaydullaev, Muso Mamedov, Mirhosil Yo‘ldoshboev, Faxriddin Hasanov, Sulaymon Solihov kabi ajoyib yakkakurashchilarimiz borligiga ham guvoh bo‘lishdi. Albatta, bu sportchilarni muhlislarimiz mutloqo tanimaydi deyish fikridan yiroqman. Lekin, Xonto‘raev “imidj”iga nisbatan albatta asosli mantiq deya olamiz. Xullas, ishonchim komilki, endi muxlislar tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan sportchilarimiz ishtirokidagi janglarga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi. Yana bir ahamiyatli voqeylik, taqdirlash marosimiga o‘zbek sportining unutilayotgan yulduzlarini taklif qilishda bo‘ldi. Ular bevosita ringda g‘olib sportchilarga chempionlik kamarini taqishdi. Misol uchun, sobiq bokschi, hozirda mashhur murabbiy Zufar Sulaymonov, ayollar o‘rtasida ilk MMA janglarida ishtirok etgan, Gulya Amantaeva, kikboksing bo‘yicha ajoyib natijalar qayd etgan Timur Muxammedjonov, eng mashhur karate ustalaridan biri Shuhrat Arslonovlarni aytib o‘tish mumkin. Albatta, sobiq sportchilarimizga bo‘lgan e’tibor, tashkilotchilarning yana bir yutug‘i desak yanglishmagan bo‘laman.

mi

Ochig‘i men bu darajada “ajiotaj” bo‘ladi deb o‘ylamagan edim. Lekin amin bo‘ldimki, Murod Xonto‘raevning faoliyatiga  hamda yakkakurash turlariga befarq bo‘lmagan insonlar juda ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Agar, reklama yanada yaxshi qilinsa, viloyatlarda ham afishalar osilsa, bir so‘z bilan aytganda targ‘ibot ishlari mukammal qilinsa, "plyus" Murod Xonto‘raev jang kechasida ishtirok etsa, bemalol ayta olishim mumkinki, katta-katta stadionlarda ham bunday jang kechalarini o‘tkazsa bo‘lar ekan. Albatta bu mening shaxsiy fikrim!

Shu o‘rinda yana, nega muhlislar Murod Xonto‘raevni yaxshi ko‘rishadi, degan savolga javob qidirib ko‘rdim.

Odatda, shunday sportchilar bo‘ladiki, ular xech qachon unutilmaydi. Qanchadan-qancha gap-so‘zlar, omadsizlikdan keyin ham muhlsilar yoqimtoyi bo‘lib qolaveradilar. Misol uchun, Mayk Taysonni olaylik u faoliyati davomida bir necha bor mag‘lubiyatga uchradi. Xurmacha qiliqlari orqasidan qancha ma’lomatlarga qoldi. Lekin u barcha uchun Temir Maykligicha qoldi. UFC da ham, kuchli, ajoyib , mag‘lubiyatga uchramagan chempionlar bor. Lekin ushbu yakkakurash ishqibozlari Fyodor Emelyanenko hamda Mirko Krokopni boshqacha e’zozlashadi. Tan olishadi va xurmat qilishadi. Ular ishtirokidagi janglarni orziqib kutishadi. Garchi, ular ham bir necha marta mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishsada... Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin.

photo_2019-09-18_13-21-35_1

Hamyurtimiz Murod Xonto‘raevni ham men ushbu sportchilar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim. Chunki, u har qancha mag‘lubiyatga uchramasin, qanchadan-qancha mishmishlar sababchisi bo‘lsin, yoqimsiz gap-so‘zlar qahramoni bo‘lsin. Lekin u muxlislar yoqimtoyi bo‘lib, ular ardog‘ida qolaveradi. Chunki, bu sportchi qanday saviyada ekanligini isbotlay olgan. Negaki, yuqorida sanab, o‘tgan Mayk Tayson, Fyodor Emelyanenko, Mirko Krokop va Murod Xonto‘raevlarning jangida o‘zgacha joziba bor. Ular ma’lum bir uslubni juda yaxshi o‘zlashtirganki, undan mohirona foydalana bilishi esa yanada chiroyli ko‘rinish oladi. Mubolag‘a bo‘lmasa o‘sha uslubni san’at darajasiga olib chiqa olishgan. Micol uchun, Mirko “mavashi” zarbasi ustasi hisoblanadi. Undan har bir jangda shuni kutishadi. Chunki xorvatiyalik jangchi bu zarbani tashrif qog‘oziga aylantira olgan.

9280e6870fa1318a298808fcd84f8dbb

Murod Xonto‘raev ham aylanib tepish ya’ni “vertyushka” ni juda chiroyli tarzda amalga oshiradiki, ushbu zarba ko‘p hollarda jang taqdirini hal qilish barobarida sportchimiz harakatlariga joziba ham bag‘ishlaydi. Albatta, faqatgina bu omil muhlislar suyuklisi bo‘lish uchun asosiy sabab bo‘lmasa ham, tomoshabinlar mehrini qozonishidagi arzigulik jihat deb ayta olamiz.

Xullas, shunaqa gaplar... yurtdoshimizning faoliyatida ma’lum bir tanaffus yuzaga keldi. Orada ikki yil sportdan uzoqda yurdi. Bu omil uning muxlislarini xafa qilganligi yohud zeriktirib qo‘yganligi haqiqat. Va nihoyat, u kecha poytaxtimizda navbatdagi jangini o‘tkazdi. U rossiyalik  Evgeniy Myakinkinni birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lubiyatga uchratdi. Demak, “Osiyo ayig‘i” yana katta sportga qaytdi. Qayta oldi!  

Ahmadbek EShMATOV

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Nematov
23/09/2019 16:20
Ассалому алейкум sport.uz га катта миннаддорчилик билдирамиз,♥Ахмаджон ака биз билан булганингиз учун рахмат♥♥♥