Karim ilk mashg‘ulotda "Barsa" yulduzlarini hayratga soldi
«Barselona»ning yangi vingeri Karim Adeyemi jamoadoshlarini allaqachon hayratga solishga ulgurgi. O‘tgan hafta Dortmundning «Borussiya» klubidan kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan 24 yoshli futbolchi birinchi mashg‘ulotlaryo‘q o‘zining tezligi bilan e’tibor markazida bo‘ldi.
Diario Sport nashri yozishicha, Adeyemining startdagi chaqqonligi va tez sur’atda yo‘nalish o‘zgartira olishi «Barsa» futbolchilariga katta taassurot qoldirgan. Uning jamoadagi ilk o‘yini yaqin kunlarda kutilmoqda.
Nemis futbolchisining «Barselona» safidagi debuti Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida amalga oshirilishi mumkin. Kataloniya klubi juma kuni «Birmingem»ga qarshi bahs olib boradi va Adeyemi ushbu o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Karim Adeyemini «Borussiya»dan 22 million yevro evaziga sotib oldi. «Shmellar»ning sobiq yulduzi bilan tuzilgan shartnoma 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, klub rahbariyati undan uzoq muddatli loyihada muhim figura sifatida foydalanishni rejalashtirgan.

Fikrlar