Karrager: "Chelsi"da transferlar ko‘p, lekin jamoa darajasi oshmayapti"
Angliyalik mutaxassis va sobiq futbolchi Jeymi Karrager "Chelsi" klubi olib borayotgan transfer siyosati haqida tanqidiy fikr bildirdi.
"Qachon "Chelsi"ni kuzatsam, ular Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida nimalar qilgani yodimga tushadi. Bu musobaqani barcha yutishni xohladi: "Real", PSJ, "Manchester Siti" – hammasi.
Bu turnir Entso Mareska va muxlislar o‘rtasidagi bog‘lanishni tiklashga yordam beradi. Chunki o‘tgan mavsumda bunday bog‘liqlik deyarli yo‘q edi.
Lekin bu chempionlik uchun kurashga yaqinlashtiradi, deb o‘ylamayman. Oxirgi yillarda "Chelsi" shuncha ko‘p transfer qildiki, natijada jamoa o‘smadi. Futbolchilar almashyapti, lekin jamoa darajasi – joyida.
Masalan, Koul Palmer ajoyib, lekin qanotdagi boshqa futbolchilar ham shunday. Gittens keldi, Madueke ketdi – natija o‘zgarmadi. Bu holat jamoaning ko‘plab pozitsiyalarida kuzatilyapti", – dedi Karrager "The Overlap" dasturida.
Fikrlar