
Keza "Liverpul"dagi dastlabki omadsiz yilini izohladi
"Liverpul"ning italiyalik qanot hujumchisi Federiko Keza Angliya Premer-ligasidagi birinchi mavsumidan olgan taassurotlari haqida gapirdi va yangi chempionatga moslashish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.
"26 avgust kuni "Liverpul"ga kelganimda, go‘yo boshqa sayyoraga tushib qolgandek edim - yangi hamkasblar, to‘liq tayyorgarlik va o‘rtoqlik o‘yinlari yo‘q edi. Kuzda jamoa boshqalarga qaraganda yuqori bo‘lgan aql bovar qilmas tezlik va shiddat bilan ishladi. Men ingliz tilini o‘rgandim, shuning uchun muloqotda muammo bo‘lmadi. Angliyada o‘yinchilarga dam olish va oilasi bilan vaqt o‘tkazish uchun haftada bir kun dam berish odati bor - Italiyada bunday narsa yo‘q.
Safardagi o‘yinlardan oldingi mashg‘ulotlar ko‘proq istisno hisoblanadi va jamoa odatda faqat safardagi o‘yinlar oldidan mehmonxonada to‘xtaydi. Futbolchilar ham maydonda, ham undan tashqarida a’lo shaklda bo‘lishlari uchun tiklanish va sahna ortidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda" - deya italiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Football Italia" nashri.
Keza o‘tgan yil yozida Turinning "Yuventus" jamoasidan mersesaydliklar klubiga 12 million evroga o‘tgan edi. Biroq, Angliyadagi birinchi mavsumi oson kechmadi: Federiko 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar