"Kichik Tayson" navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 30 iyul, 2022, 22:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun "Kichik Tayson" deya e’tirof etiluvchi hamyurtimiz Olimjon Nazarov navbatdagi jangini Vetnamning Vung Tau shahrida "Cocky Buffalo" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazdi.  O‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) faoliyat olib boradigan Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) WBO Oriental kamarini filippinlik Benvedino Ligasdan (14-2-2, 9KO) himoya qildi.

Tecno

Jang to‘liq davom etdi va bahsda ustunlik qilgan Nazarov ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

Mazkur muvaffaqiyat bilan bokschimiz hamda murabbiylarini muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!