
Klopp bu superklub uchun bir yillik ta’tilda voz kechib, jamoani qabul qilishga tayyor
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum oxirida jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi.
Germaniyalik mutaxassis energiyasi tugagani va bir yil futboldan dam olmoqchi ekanini ta’kidlagan.
Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Yurgen Klopp murabbiylik ishini davom ettirishi mumkin. Jurnalist Xerard Romeroning ta’kidlashicha, tajribali mutaxassis “Barselona”ni qabul qilib olish uchun bir yillik ta’tildan voz kechishga tayyor.
Kataloniyaliklarning bosh murabbiyi Xavi Ernandes ham jamoa o‘yinida o‘sish qila olmayotgani uchun mavsum yakunlangach, lavozimini topshirishga qaror qilgan. Shu bois, klub xo‘jayini Joan Laporta ham Xavining o‘rniga munosib murabbiy qidiryapti.
Fikrlar