Klopp shogirdi bilan xayrlashadi

  • 03.12.2020 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yurgen Klopp jamoa asosiy tarkibiga kira olmayotgan hujumchi Divok Origini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Belgiyalik hujumchi Angliya premer-ligasi debyutanti “Lids” safiga qo‘shilishi kutilmoqda. O‘z navbatida, “Lids” mutasaddilari qishki transferlar mavsumida imzolash uchun futbolchiga maqbul shartnoma tayyorlayapti.

“Lids” rahbariyati qaroriga ko‘ra, Origi keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga olinadi.

Shuningdek, Origiga “Bryugge” ham qiziqish bildirmoqda. Hujumchi Belgiya terma jamoasidagi o‘rnini saqlab qolish va Evropa chempionatida qatnashish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!