
Kokorin Shomurodovday bo‘lolmaydimi?
A Seriyaning 21-turida Eldor Shomurodov va Aleksey Miranchuk ortidan Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tgan “Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin yangi jamoasi “Fiorentina” tarkibida “Inter”ga qarshi o‘ynadi.
Uchrashuvda milanliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Rossiyalik futbolchining ilk o‘yindagi harakatlari Italiya matbuoti vakillariga ma’qul kelmadi.
- Kokorin birinchi bor “Fiorentina” o‘yinchisi sifatida to‘pga tegindi, lekin u “xodaga” o‘xshab, bellashuvga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi, - deb yozmoqda Firenzepost nashri.
74-daqiqada Dushan Vlaxovich o‘rniga maydonga tushgan Kokorin o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. U o‘ziga berilgan vaqt davomida jamoadoshlariga to‘qqiz marta aniq pas berdi. Rossiyalik hujumchi florentsiyaliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar