Kompani: "Hozircha hammasi ideal emas, lekin yomon ham emas"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani 2-turda "Augsburg"ga qarshi (3:2) bahsdan so‘ng fikr bildirdi.
"Bugun yana ko‘p vaziyatlarni yo‘qotdik. Birinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi, ikkinchisi unchalik emas. Hozircha barcha jihatda ideal emasmiz, lekin vaziyatga qarash kerak – tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo‘ldi, ta’til ham qisqa kechdi. 7 ta o‘yin o‘tkazdik va ularning barchasini yutdik, jumladan 3 ta safarda.
To‘pga egalik qildik, raqibga ko‘p imkoniyat bermadik. Lekin ayrim vaziyatlarda xotirjamlikni saqlab, tashabbusni qo‘ldan boy bermaslik zarur.
Shunga qaramay, bugun 9 ta a’lo darajadagi gol urish imkoniyatini yaratdik. Qaysi jihatlarda ishlashimiz kerakligini bilamiz", – deya ta’rif berib o‘tdi belgiyalik mutaxassis.



Fikrlar