
Konte "Liverpul"dan hujumchi olmoqchi
"Inter" transfer oynasi vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" "Liverpul" hujumchisi Divok Origini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi. 25 yoshli belgiyalik futbolchi uchun "Shalke" va "Vulverxempton" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Yurgen Klopp asosiy tarkibidan tushib qolgan Origi boshlangan mavsumda 3 ta o‘yinda 10 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar