
Konte "Napoli"ni tark etishi mumkin!
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkun.
Ma’lumotlarga qaraganda mutaxassis klubning transfer siyosatidan norozi va aynan shu sababdan ham ketishni istamoqda. Italiyalik murabbiyning xizmatlariga turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Konte Turin klubini 2011-2014 yillar oralig‘ida boshqargan."Keksa sinora" bilan 3 marta Italiya chempionligi, 1 marta mamlakat Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Malumot uchun “Napoli” A Seriya 35-turdan so‘ng, 77 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin taqibchisi “Inter” ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar