Koronavirus tufayli yana bir murabbiy vafot etdi

CHERY AUTO

  Ayollar kurashi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Aliomarov koronavirus sababli vafot etdi. 67 yoshli Aliomarov bir necha kundan beri Dog‘istondagi shifoxonalarning birida davolanayotgan edi. So‘nggi kunlarda esa uni sun’iy nafas oldirish moslamasiga ulab qo‘yishgandi.

Ma’lumot uchun, Magomed Aliomarov o‘tgan yilning fevral oyida Rossiya terma jamoasi bosh murabbiylik lavozimida Yuriy Shaxmuradovning o‘rnini egallagandi. Uning qo‘l ostidagi Rossiya ayollar terma jamoasi 2019 yili Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etgan edi.

umer

O‘sha jahon chempionatida Aliomarov shogirdlari 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Shu yilning fevralida Italiyaning Rim shahrida o‘tgan Evropa chempionatida esa rossiyalik kurashchi qizlar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishgan edi. Rossiyaliklar safida Olga Xoroshavtseva, Xanum Velieva, Ekaterina Bukina va Natalya Vorobeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishgandi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!