Koul Palmer: "Bunday gollar ustida mashq qilamiz"
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalida "Palmeyras" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bellashuv AQShda bo‘lib o‘tdi va Palmer 16-daqiqada hisobni ochdi. U Trevo Chalobaning a’lo darajadagi diagonal uzatmasini qabul qilib, jarima maydoni ichiga kirdi va chap oyog‘i bilan pastki burchakka aniq zarba yo‘lladi.
Gol haqida:
"Biz bunday vaziyatlar ustida mashg‘ulotlarda ishlaymiz. Bo‘shlikni ko‘rdim, unga kirdim va gol urdim".
Tanaffusda Entso Mareskaning gaplari:
"U shunday dedi: “Xotirjamlikni saqlang, pas o‘yinini davom ettiringlar, hammasi joyida bo‘ladi”.
"Palmeyras"ning yagona gol muallifi Estevao haqida:
"Uning darajasi yuqori ekanligi ko‘rinib turibdi. Biz u tez orada jamoamizga qo‘shilishiga xursandmiz" – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi angliyalik havbek.

Fikrlar