Kristina Mladenovich jiddiy raqibga duch keldi

Frantsiyalik tennischi Kristina Mladenovich Indian-Uellse shahrida o‘tayotgan turnirning navbatdagi bosqichida dunyoning birinchi raqamli tennischisiga qarshi kortga chiqadi.

Kristina mazkur musobaqaning birinchi davrasida xitoylik Chjen Saysayni 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

"BNP Paribas Open"ning ikkinchi davrasidan joy olgan Mladenovich va yaponiyalik Naomi Osaka uchrashuvi ertaga tunda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!