Kuchlar teng kelgan bahsda Mo‘minjon raqibini finalga o‘tkazib yubordi
Hindistonda yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan eng og‘ir vazn polvonimiz Mo‘minjon Abdullaev finalga chiqolmadi.
130 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan bu kurashchichimiz yarim finaoda qozog‘istonlik Damir Kuzembaev bilan raqobatladshdi. Garchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha raqib finalga chiqdi.
Mo‘minjon Abdullaev bronza medal uchun kurashni davom ettiradi.
Uchrashuv natijalarini SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!



Fikrlar