
Kurashchi qizlarimiz barchani hayratda qoldirdi
Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Bayaman Erkinboev xotirasiga bag‘ishlangan belbog‘li kurash turniri yana bir bor ko‘tarinki sur’atlarda tashkil etildi. Quvonarlisi, Gran-Pri tarzida o‘tkaziladigan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik belbog‘li kurash ustalari barchaning diqqat e’tiborini o‘zlariga qarata oldi.
Jumladan, Moydinova Manzuroy 60kg, Azatova Zemfira 65kg, Mamadjanova Dilafruz 75 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Axmedova Muslimaxon 65 kg da 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu ajoyib ishtirok bilan sportchilarimiz va ularning murabbiylarini muborakbod etamiz!
Fikrlar