Laporta: «Barselonani har tomondan maqtashmoqda, Madridda esa buni kamsitishga urinishmoqda»

  • 10.10.2026 17:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning oʻyinlari haqida fikr bildirdi.

«Biz futboldan ham, klubimizdan ham zavq olyapmiz. Bizni butun dunyoda eʼtirof etishmoqda. Jamoamizda jahon chempioni boʻlgan toʻqqiz nafar futbolchi bor. Biz muxlislarni oʻziga maftun etadigan jamoamiz, futbolchilarimiz boshqalar uchun namuna boʻlib xizmat qilmoqda. Bizni har tomondan maqtashmoqda… Madridda esa bularning barchasini kamsitishga urinishmoqda», — dedi Laporta. Uning soʻzlarini Mundo Deportivo nashriga tayanib, «Gazeta.Ru» keltirmoqda.

Shuningdek, Laporta «Negreyra ishi» deb ataluvchi tergov doirasida «Real»ning xatti-harakatlarini ham tanqid qildi.

Maʼlumot uchun, «Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumda oʻtkazgan dastlabki sakkizta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!