Laporta yosh yulduzga “Barsa” sardorligini va’da qildi

  • 25.12.2025 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning iqtidorli yarim himoyachisi Mark Bernalni yorqin kelajak kutayotganiga ishonmoqda.

18 yoshli futbolchi bir yildan ortiq davom etgan tizza bo‘g‘imidagi og‘ir jarohatidan tiklanib, mavsum boshida yana safga qo‘shildi. 

Ispaniya chempionatining 14-turida Mark Bernal 15 oylik tanaffusdan keyin ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgandi va shundan so‘ng ligada ettita o‘yin o‘tkazdi.

Sentyabr oyi oxirida Bernal “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasini 2029 yilning 30 iyunigacha uzaytirgan edi.

Sport nashrining xabar berishicha, shartnoma imzolangandan so‘ng Laporta futbolchi borasi katta rejalar borlishini ma’lum qildi.

- Agar hammasi biz xohlagandek rivojlansa, bir kun kelib, sen albatta “Barselona” sardori bo‘lasan, - dedi Laporta yosh o‘yinchiga. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!