"Lausanne Grand Slam 2026" turniri. Bugun Muzaffarbek To‘raboev tatamiga chiqadi

  • 30.08.2026 13:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shveytsariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi kuni og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. 

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni erkaklar o‘rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboev ham bor. 

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:

-90 kg: Nurbek Murtazoev – Vugar Talibov (Ozarbayjon)/Akaki Japaridze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov – Noa Kristians (Belgiya)/Lasse Shreyver (Germaniya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev – Marat Baykamurov (Qozog‘iston)
-100 kg: To‘lqinbek Turdiev – Maksims Duinovs (Latviya)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev – Munir Ertug (Turkiya)

QIZLAR
-78 kg: Barchinoy Qodirova – Eliza Vroblevska (Polsha)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Aleksandra Ryabchenko (Rossiya) 
+78 kg: Umida Nig‘matova – Aida Toishibekova (Qozog‘iston)/Fernanda Kuimbira (Angola)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Oksana Dyatsenko (Moldova)

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ikki kunlik bellashuvlarida Arslonbek Tojiev (-81 kg) kumush, Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!