
Lautaro o‘zini Xoland va Mbappe darajasida deb hisoblaydi
Lautaro Martines zamonaviy futbolning eng yaxshi hujumchilari haqida gapirdi.
- Kilian Mbappe, Erling Xoland va Robert Levandovski darajasida ekanligingizni his qilyapsizmi?
- Ha, havas qiladigan narsam yo‘q. Bu haqda kuboklar ham, statistika ham gapiradi.
- Mendan kamroq sovringa ega chempionlar bor. Otam o‘rgatganidek, qattiq va ma’suliyat bilan ishlashda davom etishim kerak. Biroq men ushbu buyuk hujumchilar bilan bir darajada tura olaman", - dedi "Inter" hujumchisi "La Gazetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar